Oʻmondan Oʻzbekistonga toʻgʻridan-toʻgʻri havo qatnovlarini yoʻlga qoʻyiladi

    Oʻzbekiston elchisi Abdusalom Xatamov Oʻmonning «Salam Air» aviakompaniyasi ijrochi direktori Adrian Xamilton-Maans bilan muzokara oʻtkazdi.

    Muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Oʻmon oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri havo qatnovlarini yoʻlga qoʻyish istiqbollari muhokama qilindi.

    Adrian Xamilton-Maans mamlakatlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarning yoʻlga qoʻyilishi ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va sayyohlar almashinuvining keskin oshishiga xizmat qilishini taʼkidladi.

    Uchrashuv yakunida Maskatdan Oʻzbekiston shaharlarining biriga havo qatnovlarini amalga oshirish boʻyicha muloqotni davom ettirish toʻgʻrisida kelishib olindi, deb xabar beradi «Dunyo» AA.