Toshkent shahrida yashovchi 28 yoshli R.J. ariza bilan murojaat qilib, Instagram ijtimoiy tarmogʻidagi ayollar sumkalarini sotish faoliyati yoʻlga qoʻyilgan, 40 ming obunachiga ega boʻlgan “onlayn doʻkoni”ni noʼmalum shaxs tomonidan egallab olinib, tadbirkorning nomidan mijozlarga sumka uchun “aksiya eʼlon qilingan”ligi koʻrsatilib, aldov yoʻli bilan fuqarolarning pullari oʻzlashtirilayotganligi maʼlum qilingan.

Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Toshkent shahri, Yangihayot tumanida yashovchi 20 yoshli D.D. va uning jinoiy sheriklari 20 yoshli B.A., 18 yoshli Yu.S. va 19 yoshli A.N.lar sodir etganligi aniqlandi.

Ular tadbirkor R.J.ning “onlayn doʻkoni”ni boshqaruv huquqi saqlanib qolgan mobil qurilmani bozordan sotib olgach, yolgʻon aksiya oʻtkazish orqali “onlayn doʻkon” mijozlarini aldab, koʻp sonli fuqarolarning pullarini oʻzlashtirishni maqsad qilganligi aniqlangan.

Yuqoridagi holat yuzasidan D.D. va boshqalarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, D.D. va boshqalar tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.