Ariza orqali ishchi-xodimlar nomaʼlum shaxs ularning nomiga “onlayn kredit” olgani, kredit qarzdorligi esa, oylik maoshlari tushadigan bank kartalaridan ushlab qolinayotganini maʼlum qilishib, nomaʼlum shaxsni aniqlab, chora koʻrishni soʻrashgan.

Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs Toshkent viloyatida yashovchi 27 yoshli Sh.D. (ayol) ekani aniqlangan.

Aniqlanishicha, Sh.D. oson pul topish payida 32 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, J.Y.ning aprel-iyun oylarida bir vaqtning oʻzida bir necha bankdan ularning nomiga “onlayn kredit” olishga erishib, jami 1 milliarddan ziyod mablagʻlarni qoʻlga kiritgan.

Maʼlum qilinishicha, holat yuzasidan Tergov departamenti tomonidan Sh.D.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov, tezkor-tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandidagi jinoyatni sodir etganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorida jarima yoki 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.