Jabrlanuvchi arizasida telegram messenjeridagi "Nukus OLX bazar" nomli guruhda o‘zini "Dilshodbek" deb tanishtirgan foydalanuvchi unga onlayn kredit rasmiylashtirib berishini aytib, ishonchiga kirgani va haqiqatdan ham 9.500.000 so‘m miqdorda kredit rasmiylashtirib, biroz vaqtdan so‘ng ushbu pullar noma’lum tarzda yechib olinganini ma’lum qilgan hamda noma’lum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu xatti-harakatlarni sodir etgan shaxs Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanida yashovchi "1xbet", "Linebet" va "Mostbet" kabi ta’qiqlangan onlayn tavakkalchikka asoslangan o‘yinlar hisob raqamlarini to‘ldirish bilan shug‘ullanuvchi, oliy o‘quv yurti 1 bosqich talabasi J.T. ekanligi aniqlangan.

J.T.ga nisbatan O‘zR. JKning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.