Soʻng uning bank kartasi raqami va maxfiy kodini qoʻlga kiritib, kartasidagi 37 million soʻm yechib oladi.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Surxondaryo viloyati Termiz tumanida yashovchi 18 yoshli Ch.S. sodir etgani maʼlum boʻldi.

Mazkur holat yuzasidan Ch.S.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, Ch.S. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar  uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.