Medallarimiz 10 metrga to‘pponchadan otish bahslarida qo‘lga kiritildi. Quvonarlisi, o‘smir va yosh yigitlar o‘rtasidagi bellashuvlarda hamyurtlarimiz oltin hamda bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. Qayd etish joiz, o‘q otish sportining to‘pponchadan otish bahslarida sportchilarimiz ilk bor Osiyo chempionligini qo‘lga kiritmoqda.

O‘q otish sporti, Osiyo chempionati.

10 metrdan to‘pponchadan otish, o‘smirlar:

1. Ilhombek Obidjonov (O‘zbekiston) – 233.8

2. Muhammad Prabova (Indoneziya) – 233.0

3. Nuriddin Nuriddinov (O‘zbekiston) – 212.0

 

O‘q otish sporti, Osiyo chempionati.

10 metrdan to‘pponchadan otish, yoshlar:

1. Umidbek Kamolbekov (O‘zbekiston) – 231.4

2. Yaroslav Maxnyov (Qozog‘iston) – 230.1

3. Muhammad Kamolov (O‘zbekiston) – 208.7