Jumladan, Fuqaro L.T. va boshqalar fuqaro B.X.ni goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 6 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

Shu kabi holat Fargʻonada ham qayd etildi. Fuqaro Sh.A. fuqaro F.M.ni qoʻshni Qirgʻiz Respublikasi davlat universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyib, keyinchalik oʻqishini tanishlari yordamida Fargʻona davlat universitetiga koʻchirib berish evaziga 1 400 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi. 

U Qirgʻiziston davlat universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyib, keyinchalik oʻqishini tanishlari yordamida Fargʻona davlat universitetiga koʻchirib berishni vaʼda qilgan.