Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Guliston shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqarolar I.U. va A.N. oʻzaro til biriktirib, talaba A.E.ning Tojikiston Respublikasi universitetidagi oʻqishini Guliston davlat universitetiga koʻchirib berishini aytib, evaziga 2 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari aniqlanib, shundan 4,9 mln soʻmini qaytarganliklari protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.