O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijalari e’lon qilindi

    Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2023-yil 16-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

    Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar oʻz natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

    my.uzbmb.uz saytining “Oʻqishni koʻchirish (xorijdan) Natijani olish“ boʻlimidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

    mandat.uzbmb.uz saytining “Oʻqishni koʻchirish-2023” boʻlimi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda.

    Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda (“Oʻqishni koʻchirish 2023” boʻlimidan):

    @e_dtm_mandatbot
    @e_dtm_mandat1bot
    @e_dtm_mandat2bot
    @e_dtm_mandat3bot
    @e_dtm_mandat4bot

    Izoh: mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan (topshiradigan) talabgorlarning natijalari OTMlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etilgandan soʻng eʼlon qilinadi.