Oʻqishni koʻchirish uchun arizalar 5-avgustga qadar davom etadi va quyidagi 2 ta platforma orqali qabul qilinadi:

  • transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
  • my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.

Oʻzbekistondagi bir OTMdan boshqasiga koʻchirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:

  • Talaba turmushga chiqsa, turmush oʻrtogʻining yashash joyidagi OTMga;
  • Davlat xizmatchisining ish joyi oʻzgarganda farzandi yoki turmush oʻrtogʻi tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan oʻqishini koʻchirishi mumkin.

Oʻzbekistonning oʻzidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga oʻtish uchun imtihon topshiradi.