O‘zbekistonda jamoat birlashmasi shaklidagi «O‘qituvchilar assotsiatsiyasi» nodavlat-notijorat tashkiloti Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Mazkur assotsiatsiyaning asosiy maqsadi O‘zbekistonda umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta'lim tizimini isloh qilishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqib, xalq ta'limi tizimida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Ta'kidlanishicha, «O‘qituvchilar assotsiatsiyasi» Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan bo‘lib, o‘qituvchilarning jamiyatdagi nufuzini oshirish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, huquqiy savodxonligini oshirish, ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida assotsiatsiyalar tuzilishi va faoliyat yuritishini qo‘llab-quvvatlaydi.
Jamoat birlashmasi butun respublika hududida faoliyat olib boradi.