Mazkur sport musobaqasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar mintaqaviy boʻlimlaridan jami 224 nafar oʻqituvchi ishtirok etdi.

Ushbu qiziqarli va murosasiz kechgan bahslarda 1-oʻrinni Toshkent shahri jamoasi, 2-oʻrinni Navoiy viloyati jamoasi, 3-oʻrinni Namangan hamda Jizzax viloyatlari jamoalari qoʻlga kiritdi.

Musobaqada gʻolib va sovrindor boʻlgan oʻqituvchilar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan diplom, medal, kubok va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, “1-oktyabr - Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan sport sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlar va jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.