Er yuzining sayqali deb nom olgan azim Samarqandning shonli tarixini takrorlab o'tirishga hojat bo'lmasa kerak. Negaki uni bugun etti iqlim juda yaxshi biladi va qadrlaydi. Lekin bu tarixning biz uchun faxrli bo'lgan jihatlarini qayd etmoq zarur. Xususan, dunyo imomlarining uchta buyugidan ikki nafari (Mahdumi A'zam va G'avsul A'zam)ning qadami tekkan yurt. Uch dinning payg'ambari Doniyor hazratlarining ramziy qabri shu erda. YAna bir payg'ambar – Hazrati Dovud ham bu tufroqqa qadam qo'ygan degan qarashlar mavjud. Buyuk Ipak yo'lining eng ma'rifatli, tafarruk chorrahasi bu er. Abu Hoja Tohiriy ta'kidlaganidek, “Agar ilm va iymon istasang Makkaga bor, boyligu dunyo istasang Hindistonga bor, agar ikkalasini ham istasang, Samarqandda qol”.
Faqat bugina emas, bugun Samarqand zamini nafaqat ko'ngil, niyatlar poklanib, balki nazarlar ham poklanib qadam qo'yadigan joy. Ikki uyg'onish davrida ham Samarqand va bu zaminda kamolga etgan allomalar, jahongir va mutafakkirlarning munosib o'rni bor. Ular dunyo tamadduniga beqiyos hissa qo'shdilar. Hazrat Alisher Navoiyning aynan shu oshiyonga kelib, Abulays Samarqandiydan tahsil olishining o'ziyoq bu maskan ne chog'lik muborak ekanligini ko'rsatib turibdi.
Biz uchun muhimi shundaki, Samarqand mustaqillik davrida, xususan, keyingi besh yilda madaniyat, ma'rifat borasida dunyoga yana ibrat bo'lmoqda. Harakatlar strategiyasi, va unga uzviy ravishda ishlab chiqilgan Taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsadlarni amalga oshirishda e'tiborga molik yutuqlarga erishmoqda. Mamlakatimizning salohiyatli karvoni – aholisi ham, ishlab chiqarish quvvati ham, imkoniyati ham, intellektual mulki ham yuqori bo'lgan bu vohada taraqqiyotning ibratli tajribalari yuzaga keldi.
INNOVATSION SANOAT “XAB”I
2021 yil viloyatda yalpi hududiy mahsulot hajmi o'tgan yilga nisbatan 8,4 foizga, sanoat mahsulotlari hajmi 9,2 foizga, xizmatlar ko'rsatish 25,6 foizga, qishloq xo'jaligi mahsulotlari hajmi 4,1 foizga hamda qurilish-pudrat ishlari 14,3 foizga o'sdi.
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sezilarli darajada oshdi. Jumladan, to'qimchilik sanoati mahsulotlari 1,3 martaga, metallurgiya mahsulotlari 2 martaga va elektrotexnika sanoati mahsulotlari 1,4 martaga ko'paygan.
Mahalliylashtirish dasturiga asosan 21 ta korxonada qiymati 703 milliard so'mlik 47 turdagi mahsulot ishlab chiqarildi. Rossiyaning Moskva va Kaliningrad hamda Turkiyaning Istanbul, Izmir va Bursa shaharlarida yangi halqaro hamkorlikni kengaytirish bo'yicha muzokaralar o'tkazildi.
“Urgut” erkin iqtisodiy zonasida umumiy qiymati 286 million dollar bo'lgan 60 ta loyiha ishga tushirilib, 4700 dan ortiq yangi ish o'rni yaratildi, 2 trillion 20 milliard so'mlikdan ortiq mahsulot ishlab chiqarildi, 57 million dollarlik mahsulot eksport qilindi. Kichik sanoat zonalarida 92 ta loyiha ishga tushirilib, 380 milliard so'mlik investitsiya kiritildi va 1558 ta yangi ish o'rni yaratildi. Ushbu korxonalar tomonidan 168 milliard so'mlik sanoat mahsulotlari tayyorlandi.
Joriy yilda “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi va kichik sanoat zonalarida yangi 180 ta loyiha ishga tushirilib, ishlab chiqarish hajmi 3 trillion 738 milliard so'mga etadi va mahsulotlar eksporti 135 million dollardan oshadi. Ushbu rejalarning ijrosi bilan 2022 yilda yalpi hududiy mahsulot hajmi 7,3 foizga, sanoat mahsulotlari esa, 8,6 foizga o'sishi kutilmoqda.
YAqin besh yilda to'qimachilik sanoatida umumiy qiymati 750 million dollarlik 182 ta loyiha ishga tushiriladi, ip-kalavani qayta ishlashni matogacha etkazish darajasi 100 foizga chiqariladi.
Qurilish materiallari sanoatida 1,4 milliard dollarlik 21 ta loyiha amalga oshiriladi, elektrotexnika sohasida 200 million dollarlik investitsiya hisobiga alohida sanoat klasteri ishga tushiriladi. Natijada, viloyatda maishiy texnika ishlab chiqarish hajmi 10 barobarga, eksport 6 barobarga oshiriladi hamda 33,5 mingta ish o'rni yaratiladi. Prezidentimiz tabiri bilan aytganda, kelgusi 5 yilda qator “mega-loyihalar”ning ishga tushirilishi hisobiga natijasida Samarqand “Innovatsion sanoat xabi”ga aylanadi.
MAHSULOTLARGA DUNYO XARIDOR
Bir paytlar Ispaniya elchisi Klavixo Samarqandga shunchalik go'zal ta'rif berganki, butun Evropa Amir Temur davlati bilan hamkorlik qilishga, hatto uning panohi ostida bo'lishga intilgan. Samarqanddagi qog'oz o'sha davr mo''jizasi edi. Uning qorako'li qadimda Liverpul` savdo birjasining eng katta pavil`onlaridan birini egallagan. Samarqandda hunarmandlar yasagan 92 xil mahsulot Buyuk Ipak yo'li bozorlariga avj bergan. Samarqand suvi uchun etti iqlimdan tashna odamlar hayotini xavf-xatarga qo'yib tashrif buyurgan. Samarqand doni, noni, anjiri, anoru uzumlari butun dunyo bozorlarida qimmatli, qadrli hisoblangan. Va muhimi, bugun ham ana shunday e'tiroflar yana amalda o'z ifodasini topyapti.
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish hisobiga o'tgan yili viloyatda 402 million dollarlik mahsulot eksport qilindi. Bunda, sanoat mahsulotlari eksporti 298 million dollarni va qishloq xo'jaligi mahsulotlari 104 million dollarni tashkil etdi. Bu davrda, 6 ta yangi xorijiy bozor, jumladan, YAmayka, Kolumbiya, Qatar, Makedoniya, Bangladesh va Livan davlatlariga eksport qilish yo'lga qo'yilib, eksport geografiyasi 56 ta davlatga etkazildi.
XIZMATLAR SOHASI — RIVOJLANISHNING ASOSIY DRAYVERLARIDAN BIRI
Inson har doim o'z oldiga yuksak marralarni qo'yadi va o'sha marrra tomon harakat qiladi. Ana shunday jihatlarni vohaning rejalari aksida ham ko'rish mumkin. 2022 yilda Samarqand viloyatida eksport hajmini o'tgan yilgi ko'rsatkichga qaraganda, 1,5 barobar oshirish belgilangan. SHu yilning o'zida qiymati 7,1 trillion so'mlik 772 ta loyihani ishga tushirish natijasida 14,4 mingta yangi ish o'rni yaratiladi.
Xizmatlar sohasi viloyat taraqqiyotini belgilovchi drayverlardan biri hisoblanadi. O'tgan yili bu yo'nalishda viloyat 10,2 mingdan ortiq shoxobcha tashkil etildi. Ko'rsatilgan xizmatlar hajmi 19,5 trillion so'mga etib, o'sish 125,6 foizga teng bo'ldi. Raqamlardan ham ko'rinib turibdiki, bu borada viloyatda ulkan imkoniyatlar mavjud. Joriy yilda esa xizmatlar hajmini ham bir yarim barobarga oshirish va 28 trillion so'mga etkazish rejalashtirilgan. Buning uchun alohida dastur qabul qilingan. Bu maqsadlarga erishishda qiymati 212 million dollarlik, maydoni qariyb 400 ming kvadrat metr bo'lgan 7 ta yirik savdo va xizmat ko'rsatish kompleksi tashkil etiladi. Turistik yo'nalishlar, turizm qishloqlari, turizm yo'llari kabi xizmat ko'rsatish ob'ektlari bunyod etiladi.
XORIJ SARMOYASI — ISHONCH BELGISI
2021 yilda viloyatda to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar va davlat kafolati ostida bo'lmagan xorijiy kredit mablag'lari ishtirokidagi jami 178 ta loyiha hisobiga 235 million dollarlik sarmoyalar o'zlashtirildi. SHundan, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar qiymati 118,5 million dollarni va xorijiy kreditlar 116,5 million dollarni tashkil etdi. SHu raqamlarning o'zi ham xorijiy davlatlar, jamg'armalar va sarmoyadorlarning ishonnchi qay darajada ekanligini ko'rsatmoqda.
Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hududiy investitsiya dasturiga ko'ra, 2021 yilda qiymati 5,7 trillion so'mlik 1 878 ta investitsiya loyihasi amalga oshirildi va 13,5 mingdan ortiq yangi ish o'rni yaratildi. YAxshilik yo'lida sarflangna har qanday sarmoya qisqa muddatda meva berishi bor gap. Viloyatda o'tgan yilning o'zida 515 ta korxona tomonidan 596 turdagi 456,9 million dollarlik mahsulot eksport qilindi. Samarqandda eksport salohiyatini yanada oshirish uchun imkoniyatlar katta. Bu imkoniyatlarni ishga solish uchun joriy yilda 576,4 million dollarlik, shundan, 442,4 million dollarlik sanoat hamda 134 million dollarlik meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilinadi.
AHOLI UCHUN YANGI UY-JOYLAR
Hisob-kitoblarga ko'ra, Samarqandda aholining uy-joyga bo'lgan talabi 22,9 mingdan ortiqni tashkil etadi. O'tgan yili viloyatda 8557 xonadondan iborat 167 ta ko'p qavatli uy qurildi. Ipoteka dasturi asosida barpo etilgan 3744 xonadonli 104 ta ko'p qavatli uyning 2236 ta xonadoni subsidiyali hisoblanadi. CHin etim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan 99 nafar bola uy-joy bilan ta'minlanadi. 2022 yilda 5 ming xonadonli 139 ta ko'p qavatli uy quriladi va xonadonlarning 4500 tasi subsidiya asosida beriladi. Raqamlarga qaraydigan bo'sak, 3400 xonadon uchun 153 milliard so'm subsidiya mablag'i, yana qo'shimcha mingta xonadon uchun 45 milliard so'm ajratiladi. Buning natijasida 20 mingdan ortiq aholining uy-joyga bo'lgan ehtiyoji qondiriladi.
YUrt taraqqiyoti har bir fuqaroga g'urur bag'ishlaydi, yangi va zamonaviy massivlarning qurilishi insonlar hayotini farovonlashtiradi. Birinchi bosqichda Urgut tumanining Kamongaron va Bulung'ur tumanining G'o'bdin hududlarida “YAngi O'zbekiston” massivlarining qurilishi ham hududlar obodligini belgilaydi. Bu ishlar shu bilan cheklanib qolmaydi va keyingi bosqichlarda Narpay tumani Salovot, Paxtachi tumani Istiqlol mahallalari, Payariq tumani CHelak shahrida ham zamonaviy “YAngi O'zbekiston” massivlari bunyod etiladi.
IMOM BUXORIY MAJMUASI YURT GAVHARIGA AYLANADI
Bugungi kunda Samarqandda turizmni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to'xtalishni taqozo etadi. Negaki, nafaqat Samarqand shahridagi, balki viloyatning sayyohlik ob'ektlari sanalgan maskanlarda keng bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Bu haqda gap borar ekan, avvalo, Prezidentimiz shu yil 7 fevral` kuni poytaxtda bir nechta qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanisha turib, Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasining ichki va tashqi chizmalari taqdimotiga alohida e'tibor qaratganini e'tirof etish joiz bo'ladi.
Ayni kunlarda Imom Buxoriy majmuasi yangidan qurilmoqda. Bu ishlar o'tgan yili Ramazon oyida boshlangandi. Bugungi kunda binolar ko'tarilib, pardozlash ishlariga oz fursat qolgan. Taqdimotda majmuaning ichki va tashqi ko'rinishiga oid chizmalar ko'rib chiqildi.
Unga ko'ra, majmua devorlari milliy naqshlar, pardozbop toshlar bilan sayqallanadi. Imom Buxoriy maqbarasida naqqoshlik va xattotlik san'ati uyg'unlashadi. Uning devorlariga qadimiy uslubda Qur'oni karim suralari va hadislar yoziladi. Barcha pardozlash ishlarida yorqin, “issiq” ranglardan ko'proq foydalaniladi.
Umuman, majmua 10 ming o'rinli masjid, 21 gektar maydonda ulug' ajdodlarimizning diniy va moddiy madaniy meros ob'ektlarini aks ettiruvchi tematik xiyobon, 4 va 3 yulduzli 3 ta mehmonxona va 24 ta oilaviy mehmon uylaridan iborat bo'ladi. SHuningdek, 3 ming nafar ziyoratchiga xizmat ko'rsatuvchi “halol” standartiga ega umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyati yo'lga qo'yilib, ziyorat turizmi majmuasi barpo etiladi.
“TURIZM DARVOZASI”
Turizmni rivojlantirish haqida gap ketar ekan, yurtning havo darvozasi sanalgan aeroportlar holatini jahon andazalari talabi darajasiga keltirmasdan turib ko'zlangan maqsadga erishib bo'lmaydi. SHu jihatdan olganda, Samarqand xalqaro aeroporti ham zamonaviy ko'rinishga ega bo'ldi. 2022–2026 yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo'yicha “yo'l xaritasi” loyihasiga ko'ra, endilikda Samarqand “havo darvozasi”da 17 ta yangi muntazam xalqaro yo'nalishlar yo'lga qo'yiladi.
2022 yilning martiga qadar Samarqand xalqaro aeroportini yirik transport xabiga aylantirish chora-tadbirlari dasturi ishlab chiqiladi. Bunda mahalliy yo'nalishlar bo'yicha parvozlar soni haftasiga 7 tadan 20 tagacha, geografiyasi 4 ta yo'nalishdan 5 tagacha oshiriladi. Xalqaro yo'nalishlar bo'yicha parvozlar soni haftasiga 25 tagacha, geografiyasi 4 ta yo'nalishdan 8 tagacha ko'paytiriladi. “Ochiq osmon” rejimini joriy etish hisobiga 8 ta xorijiy aviakompaniyani jalb qilish va 17 ta yangi muntazam xalqaro yo'nalishlarini yo'lga qo'yiladi.
SHuningdek, chetdan turistlar oqimini keskin ko'paytirish maqsadida Samarqand xalqaro aeroportining mahalliy temir yo'l va avtobus qatnovlariga bog'langan, ilk bor xususiy boshqaruvga berilgan yangi terminali ishga tushiriladi. Umuman olganda, Samarqand xalqaro aeroporti tom ma'noda “Turizm darvozasi”ga aylanadi.
RAVON YO'LLAR SAMARQANDNI “ABADIY SHAHAR” BILAN BOG'LAYDI
Samarqand shahri va tumanini bir-biri bilan bog'laydigan Usta Umar Jo'raqulov ko'chasi ta'mirdan chiqarildi. YAqinlargacha ko'chaning tor va o'ydim-chuqurligi nafaqat mashinalar, balki piyodalarning yurishiga ham noqulaylik tug'dirib kelardi. Bugun esa ko'chadan avtoulovda yurgan odam uning keng va ravonligidan shodlanadi, piyoda kezgan kishi esa zavqlanadi.
Gap shundaki, ko'cha zamonaviy shaharsozlik talablariga javob beradigan loyihaga ko'ra qayta qurildi. Ko'chaning Samarqand tumani hududidagi qismi kengligi 42 metrga etkazildi. Asosiy avtomobil` yo'lidan tashqari, mahalliy yo'l, piyodalar va velosiped yo'laklari barpo etildi. Ko'chaning SHohi Zinda va Sadriddin Ayniy ko'chalari kesishmasigacha bo'lgan qismi 24 metr enlilikka etkazildi. Ko'cha bo'ylab tungi yoritish chiroqlari o'rnatilib, manzarali daraxtlar va yashil maydonlar yaratildi. Avtobus bekatlari, oshxona, savdo va maishiy xizmat ko'rsatish shoxobchalari qurildi.
e'tiborlisi, ko'chaning ikki tomoniga temir-beton va monolit lotoklar o'rnatildi. Katta O'zbek traktining M-39 avtomobil` yo'liga chiqishda barpo etilgan monolit ko'prik esa alohida e'tiborga molik. YUrtimizda yagona sanalgan bu muhtasham ko'prik ko'hna Samarqandni yangi “Abadiy shahar” karvonsaroyi, yana ham aniqrog'i, Samarqand turizm markazi bilan bog'laydi.
212 gektar maydonni egallagan majmuada besh va to'rt yulduzli 8 ta mehmonxona, yirik anjumanlarni o'tkazishga mo'ljallangan kongress xoll, dam olish maskanlari, “Abadiy shahar” karvonsaroyi bunyod etilmoqda. Bu maskan xalqimizning o'ziga xos boy milliy-madaniy merosi va qadriyatlarini namoyon etadigan maskan bo'ladi. Qadimiy Ko'hak tepaligidan ko'rinib turadigan yangi shaharcha kelgusida mo''jizalar shaharchasi, o'tmish va bugunning timsoli bo'ladi, desak mubolag'a bo'lmaydi.
Bunda Samarqandning Buyuk Ipak yo'li chorrahasi bo'lgani, azaldan ilm-fan va madaniyat, savdo-sotiq va hunarmandchilik rivojlanganiga e'tibor qaratildi. O'z navbatida Samarqandning dunyo tsivilizatsiyasidagi o'rni hisobga olinib, betakror loyiha ishlab chiqildi.
“Abadiy shahar” karvonsaroyida Samarqanddagi tarixiy obidalar, ulkan minorayu gumbazlar, kulollar, zardo'zlar, chinnipazlar, musavvirlar ustaxonalari, uning qog'ozi ishlab chiqaradigan qadimiy ustaxona, non va boshqa milliy taomlar tayyorlanadigan maskanlar, qadimiy gavjum bozor — barcha-barchasi namoyon bo'lmoqda. SHuningdek, karvonsaroydan Xorazmning dunyoda tengi yo'q gilamlari, Nurotayu Urgutning so'zanachilik mahorati — qadimiy kashtalari, Qo'qonu Marg'ilonning yog'och o'ymakorligi san'ati namunalari o'rin oladi.
Aslida karvonsaroy loyihada ko'rsatilganidan-da boy manzara kasb etmoqda. Bu erda qadim SHarq naqqoshlik san'ati o'n bitta yo'nalishda, jumladan, ganchkorlik, yog'och o'ymakorligi, marmar naqqoshligi, toshtaroshlik san'atining noyob namunalari yaratilmoqda. Keyingi yillarda yo'qolib ketayotgan mayolika, mazolika tiklanib, yangicha koshinkorlik san'ati yaratilmoqda.
Qadim shahar hayoti va madaniyatiga monand ot-aravalar, ustalar xonadonlari, kulollar, zardo'zlar ishxonalari, temirchilik va ustachilik asboblari, ustazodalar haykallari o'rin egallaydi
YANGI O'ZBEKISTONNI MA'RIFATLI, MA'NAVIYATLI YOSHLAR BILAN QURAMIZ
Ta'lim sifatini yanada yaxshilash bo'yicha izchil islohotlarni amalga oshirish samarqandliklarning bosh maqsadi sanaladi. Ana shu ezgu maqsad yo'lida o'tgan yil viloyatda 235 mingga yaqin 3-7 yoshgacha bo'lgan bolalar maktabgacha ta'lim tashkilotlariga jalb etilib, qamrov darajasi 69 foizga etdi.
Xalq ta'limi tizimi sohasi fidoyilari va keng jamoatchilikning sa'y-harakati bilan “qizil”toifadagi maktablar soni avvalgi yilga nisbatan 91 taga kamayib, oliy ta'limga kirish ko'rsatkichi ikki barobar oshdi. Maktablarda faoliyat olib borayotgan oliy ma'lumotli o'qituvchilarning ulushi 16 foizga ko'payib, xalqaro sertifikatga egalari 306 nafarga etdi.
902 ta maktabda 446 milliard so'm mablag' evaziga qurilish-ta'mirlash ishlari olib borildi. Tarqoq, olis hududlardagi 63 ta maktabning yangi filiallari qurildi. Bunday e'tibor yaqin 30 yil ichida kuzatilmagan.
SHuningdek, 44 ta yangi ixtisoslashgan maktablar tashkil etilib, ular 87 turdagi o'quv moddiy-texnik jihozlar bilan ta'minlandi.
Bugun oliy ta'limga ham jiddiy e'tibor qaratilib, yurtimizda bo'layotgani kabi, Samarqandda ham xorijiy davlatlarning nufuzli ta'lim muassasalari filiallari ochilmoqda. Jumladan, Finlyandiya va AQSHning nufuzli universitetlari bilan pedagogika muhandislik-texnologiya yo'nalishlarida hamkorlik amalga oshirilmoqda. Ushbu sa'y-harakatlar natijasida viloyatdagi oliy ta'lim muassasalari soni 13 taga etdi. Narpay va Payariq tumanlarida Samarqand davlat chet tillar instituti fakul`tetlari tashkil etildi.
Hozirda viloyatdagi oliy ta'lim muassasalari va ularning filiallarida 63 ming 338 nafar talaba tahsil olmoqda. Bu o'tgan besh yillikka nisbatan 2,5 barobarga ko'p, deganidir. Talabalar sonining oshgani o'z navbatida, turar joy bilan bog'liq muammolarni yuzaga keltirdi. Turar joyga bo'lgan ushbu ehtiyoj hisobga olinib, Samarqand shahrining Birlik mahallasi hamda Rudakiy ko'chasida joriy yil davlat- xususiy sheriklik asosidagi talabalar turar joylarini barpo etish rejalashtirilgan.
2022–2026 yillarga mo'ljallangan YAngi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida ham bir qator vazifalar belgilangan. Jumladan, Samarqand arxeologiya instituti faoliyati va uning moddiy-texnik bazasini tubdan yaxshilash, 20 ming nafar talabaga mo'ljallangan “YOshlar shaharchasi” barpo etib, unda kamida 4 ta xorijiy universitetning filiali va kampuslarini joylashtirish, xorijiy davlatlarning etakchi texnika universiteti bilan birgalikda Samarqand texnologiya universitetini tashkil etish ishlari amalga oshiriladi.
Viloyat oliy ta'lim muassasalarining 2022-2026 yillarga mo'ljallangan istiqbolli rejasi bugun izchillik bilan hayotga tatbiq etilmoqda.
Xususan, Prezidentimizning shu yil 13 yanvar` kuni imzolangan “Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori bu boradagi navatdagi muhim qadam bo'ldi. Mazkur qaror bilan universitetga atoqli davlat va jamoat arbobi SHarof Rashidov nomi berildi. O'quv dargohi tarkibida Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti, Muhandislik fizikasi instituti hamda SamDUning Urgut filiali tashkil etildi.
Ayni paytda esa davlat rahbari taklifi bilan Samarqand davlat tibbiyot institutiga universitet maqomini berish bo'yicha sa'y-harakatlar olib borilmoqda. eng muhimi, yaqin yillarda SHarof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti hamda Samarqand davlat tibbiyot institutini jahon oliy ta'lim muassasalari Top-1000 talik (THE, QS) reytingiga kiritish maqsad qilingan.
Xalqimizda “Oqqan daryo oqaveradi” degan hikmatli gap bor. Bugun YAngi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan izchil va keng ko'lamli islohotlarning Samarqanddagi jarayonlari bilan tanishgan kishi bu daryo yana ham jo'shib oqayotganiga amin bo'ladi.
Akram HAYDAROV,
O'ktam XUDOYBERDIEV.