“Jamiyatda ayollar va yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini ta'minlash chora-tadbirlari” muhokamasi yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida joriy yil 8 oktyabrda o'tkazilgan videoselektor yig'ilishda xotin-qizlar va yoshlar masalalari bo'yicha yangi ish tizimini joriy etish bo'yicha so'z yuritilgan edi. SHuningdek, ushbu tizimning na'munaviy shaklini ishlab chiqish, shahar va tumanlarda, jumladan, Oqqo'rg'on tumanida sinovdan o'tkazish vazifa qo'yilgan edi. Kuni kecha ushbu topshiriqlarning ijrosini o'rganish bo'yicha Oqqo'rg'on tumanida bo'ldik.
Ayollar bilan ishlash tizimini takomillashtirish maqsadida tumandagi 29 ta mahallada tashkil etilgan “Ayollar maslahat kengashi” faoliyati hamda ularning 10-15 kishidan iborat a'zolari tarkibi bilan yaqindan tanishdik.
Tumanda muloqot o'tkazilgan 30 yoshdan yuqori bo'lgan ayollar bilan o'tkazilgan muloqotlar davomida 1 371 nafar ishsiz xotin-qizlar aniqlangan bo'lib, shu kunga qadar ulardan 350 nafari ishga joylashtirilgan. Aholi bandligiga ko'maklashish markazida ayollarga psixologik va huquqiy maslahat berish maqsadida “Xotin-qizlar huquqiy, psixologik maslahatxonasi” tashkil etilganligiga guvoh bo'ldik.
Mahalla fuqarolar yig'inlari raislarining 29 nafar oila, xotin-qizlar masalalari bo'yicha o'rinbosarlariga xotin-qizlarning muammolarini o'rganish, ularni ijtimoiy qo'llab- quvvatlash tizimini kuchaytirish "Ayollar daftari” bilan ishlash, “Ayollar maslahat markazlari” faoliyatini olib borish kabi muhim vazifalar topshirilgan. Xo'sh, ayni jarayondagi muammolar to'liq bartaraf etildimi? Ayni savol bilan murojaat qilar ekanmiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarning dardini eshitib, taklif va qiziqishlarini ro'yobga chiqarishda e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan jihatlar haqida dildan suhbatlashishga harakat qildik. O'z taklif va tavsiyalarimizni ham berdik.
Gulnora MA'RUFOVA,
O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani
qo'llab-quvvatlash vazirining birinchi o'rinbosari