Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev va vazirlik mas’ullari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida tomonlar koreys tili o‘qituvchilar malakasini oshirish, koreys tili ikkinchi xorijiy til sifatida joriy qilinishi rejalashtirilgan maktablar uchun koreys tili o‘quv dasturini ishlab chiqish hamda darsliklar bilan ta’minlash, o‘quvchilar va o‘qituvchilar almashinuv dasturi, kasbiy ta’lim yo‘nalishida o‘quvchilarning Koreyada almashinuv dasturlarida ishtirok etishi, maktab boshqaruvi bo‘yicha kadrlar salohiyatini oshirish, maktabdan tashqari ta’lim yo‘nalishida turli loyihalarni amalga oshirish kabi sohalarda hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilishdi.
Uchrashuv doirasida Koreya ta’lim markazi direktori Pang Chu Man, direktor o‘rinbosari Jang Heongki va markaz vakili Jung Jayewonga samarali hamkorlik uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tashakkurnomasi topshirildi.