Mazkur tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan talabgor tadbirkorlar bilan viloyati hokimligi majlislar zalida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Muloqotda umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasining shakllari hamda belgilangan tartib boʻyicha tikilishi, kiyim-kechaklar savdosini tashkil qilish maqsadida tuman va shaharlarda aholiga qulay boʻlgan joylarda maktab formasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning savdo shoxobchalarini tashkil etish ishlari yuzasidan fikr almashildi.

Eʼtiborlisi, kam taʼminlangan oilalar farzandlari uchun maktab formasi mahalliy byudjet hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan qoplab berilishi koʻzda tutilmoqda, deb xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati.