Bojxona organlari tomonidan sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari tomonidan Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda “Navoiy” chegara bojxona postiga kirib kelgan fuqaro M.J boshqaruvidagi “DAF” rusumli avtotransport vositasi bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.

Natijada, ushbu avtotransport vositasining haydovchi dam olishi uchun moʻljallangan oʻrindigʻi ostida xufiyona tarzda yashirilgan, xorijda ishlab chiqarilgan, tegishli hujjatlari boʻlmagan umumiy qiymati 493,1 million soʻmlik 5 028 dona sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi aniqlandi.