Taʼkidlanganidek, mazkur masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qarori qabul qilinib, vazifalar ijrosi ustidan taʼsirchan parlament nazorati amalga oshirilmoqda.
Orolning qurigan tubida oʻrmonzorlar barpo etish boʻyicha dunyoda muqobil boʻlmagan ishlar jadallik bilan olib borilyapti. Aholi uchun munosib turmush sharoit yaratish, ularning farovonligini taʼminlash, daromadlarini koʻpaytirish, sogʻligini saqlash va hududning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga jiddiy eʼtibor qaratilyapti.
Qayd etilganidek, mazkur masala yuzasidan Oliy Majlis Senatining tegishli qarori qarori qabul qilinib, vazifalar ijrosi ustidan taʼsirchan parlament nazorati amalga oshirilyapti.
Qarorda belgilangan tadbirlarni bajarish uchun Joʻqorgʻi Kenges deputatlari biriktirilib, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish, sustkashlikka yoʻl qoʻygan masʼullarga senator va deputatlik soʻrovlarini yuborish amaliyoti yoʻlga qoʻyilishi natijasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyuldagi PQ–5202-sonli qarori bilan tasdiqlangan “yoʻl xaritasi”ning 1-ilovasida belgilangan 71 ta tadbirdan 20 tasi bajarilishiga erishilgan.
Shu bilan birga, bugungi kunga qadar “yoʻl xaritasi”ning 1-ilovasida belgilangan 9 ta tadbir muddatida bajarilmaganligi, 5 tasining muddati kechiktirilganligi aniqlandi.
Shuningdek, “Yoʻl xaritasi”ning 2-ilovasida koʻrsatilgan 65 ta loyihadan 15 tasi amalga oshirilgan. Biroq, 1 ta loyiha muddatida amalga oshirilmagan va 6 tasining muddatini uzaytirish boʻyicha taklif kiritilgan.
Qarorda belgilangan vazifalar ijrosini samarali taʼminlashga keskin toʻsqinlik qilayotgan omillar hamda tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirish boʻyicha koʻrilayotgan choralar haqida asoslantirilgan tushuntirish berish talabi bilan Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovi yuborish boʻyicha qaror qabul qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.