Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qironqora qushi kamayib borayotgani, dunyodagi populyatsiyasi 3,5 mingdan 15 minggacha ekani taxmin qilinmoqda.
Uning bahorgi uchib oʻtishi fevral aprel oyiga, yoshlarining koʻchib yurishi aprel may oyiga toʻgʻri keladi. Kuzda esa oktyabr dekabr oylarida uchib oʻtadi. Choʻl va yarim choʻl zonalarida qoʻriq yerlarining oʻzlashtirilishi, inlarining buzib tashlanishi natijasida kamayib bormoqda.
Maʼlumot uchun, “Orolqum” milliy tabiat bogʻi 2022-yil 4-martda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanida tashkil qilingan boʻlib, hayvonot dunyosining 25 turi uchraydi. Shundan 4 turi Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Shuningdek, qironqora qushi ham zaif, ham qisqarib borayotgan tur sifatida Oʻzbekiston Qizil kitobi, Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN) Qizil roʻyxati hamda CITESning I ilovasiga kiritilgan.