Bemor 62 yoshli Mark ismli fransuz, u deyarli 30 yil davomida neyrodegenerativ kasallikdan aziyat chekadi. Parkinson kasalligi rivojlangan ko'plab odamlar singari, u ham harakat qilishda qiynalgan. Tizim Joselin Bloch va nevrolog Greguar Kurtin tomonidan o'rnatildi.

Operatsiya muvaffaqiyatli o'tdi va Mark mustaqil ravishda bir joydan ikkinchisiga o'tishga, piyoda yurish, do'konga borib kelish imkoniyatiga ega bo'ldi.

Texnologiyaning o'zi orqa miyaning muhim joylariga joylashtirilgan elektrodlar tizimidan iborat neyroprotezdir. Qurilma yurishni tezlashtirish uchun elektr stimulyatsiyani ta'minlaydi. Bundan tashqari, oyoqlardagi kichik sensorlar harakatning niyatini o'qishga, stimulyatsiyaning kuchini va davomiyligini sozlashga imkon beradi.

Mark deyarli ikki yil davomida kuniga o'rtacha sakkiz soat davomida neyroprotezdan foydalanmoqda. Endi olimlar texnologiya turli odamlarga qanday yordam berishini ko'rish uchun Parkinson kasalligiga chalingan olti nafar bemorni operatsiya qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi lenta.ru.