Yigʻilishda Toshkent shahar hokimi oʻrinbosarlari, shahar sektor rahbarlari, tuman hokimlari va boshqarmalar rahbarlaridan iborat shtab aʼzolari qatnashdilar.

Yigʻilishda soʻnggi kunlarda Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari ortayotganligi yuzasidan Toshkent shahar Sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining axboroti tinglandi.

Shuningdek, mavjud vaziyatni nazoratga olish, shahrimizning barcha tumanlari, mahallalari, ish joylari va taʼlim maskanlari, shuningdek, aholi koʻp toʻplanadigan bozorlar va savdo markazlari, jamoat transportlarida amaldagi karantin tartib-qoidalariga toʻliq rioya qilinishini taʼminlash muhimligi alohida taʼkidlab oʻtildi.

Poytaxtimiz hududida koronavirus infeksiyasining keng tarqalishini oldini olish hamda amaldagi karantin talablari va sanitar-gigiyena tartib qoidalariga aholi tomonidan toʻliq rioya etilishini nazoratga olish boʻyicha masʼullarga topshiriq va koʻrsatmalar berildi.

Yigʻilish yakunida Shtabning tegishli qarori qabul qilindi.

Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.