Mazkur sport o‘yinlarida Osiyo-Okeaniya qit’asida joylashgan 13 ta davlat (O‘zbekiston, Armaniston, Hindiston, Eron, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Livan, Malayziya, Mo‘g‘uliston, Pokiston, Tailand, Turkmaniston) hamda Rossiya Federatsiyasining 8 ta okrugi alohida jamoa sifatida – jami 21 jamoa qatnashmoqda.
– Sport musobaqalarida 273 ta medallar jamlanmasi uchun bahslar olib boriladi, – deydi Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi direktori Abror Mamadaliyev. – O‘zbekiston delegatsiyasi 174 nafar yosh sportchi bilan 19 sport turida ishtirok etmoqda. Hozirda delegatsiyamiz a’zolari suzish, taekvondo, stol tennisi, yengil atletika, badiiy gimnastika, basketbol (3x3), yunon-rum kurashi, erkin kurash (ayollar kurashi), o‘q otish, dzyudo, xapsagay va mas-restling sport turlarida 81 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 2-o‘rinda bormoqda.