Kecha qitʼa chempionatining birinchi kuni oʻsmirlar medallar uchun bahslarga kirishdi. Osiyo chempionatida Tohir Fayziyev murabbiyligidagi toʻliq tarkibdagi Oʻzbekiston terma jamoasi dzyudochilari ham tatamiga chiqishyapti.
Quvonarlisi, birinchi kungi bellashuvlarda kadetlarimiz 4 ta oltin, 3 ta kumush, 1 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi. Tailand zaminida Oʻzbekiston davlat madhiyasi toʻrt bor yangrab, bayrogʻimiz sarbaland koʻtarildi.
Oltin medal sohiblari:
- 40 kg: Laziza Haydarova,
- 44 kg: Umidaxon Burxonjonova,
- 55 kg: Anvarjon Ibrohimov,
- 66 kg: Shohjahon Otaboyev.
Kumush medal sohiblari:
- 48 kg: Sevinch Murodova,
- 52 kg: Soʻgʻdiyona Rafkatova,
- 60 kg: Sardor Himmatov.
Bronza medal sohibi:
- 66 kg: Saddam Husanov.