Kecha qitʼa chempionatining birinchi kuni oʻsmirlar medallar uchun bahslarga kirishdi. Osiyo chempionatida Tohir Fayziyev murabbiyligidagi toʻliq tarkibdagi Oʻzbekiston terma jamoasi dzyudochilari ham tatamiga chiqishyapti.

Quvonarlisi, birinchi kungi bellashuvlarda kadetlarimiz 4 ta oltin, 3 ta kumush, 1 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi. Tailand zaminida Oʻzbekiston davlat madhiyasi toʻrt bor yangrab, bayrogʻimiz sarbaland koʻtarildi.

Oltin medal sohiblari:

- 40 kg: Laziza Haydarova,

- 44 kg: Umidaxon Burxonjonova,

- 55 kg: Anvarjon Ibrohimov,

- 66 kg: Shohjahon Otaboyev.

Kumush medal sohiblari:

- 48 kg: Sevinch Murodova,

- 52 kg: Soʻgʻdiyona Rafkatova,

- 60 kg: Sardor Himmatov.

Bronza medal sohibi:

- 66 kg: Saddam Husanov.