Tomonlar energetika, taʼlim, sogʻliqni saqlash va suv taʼminoti sohalarida istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etish jarayoni hamda 2024-2026-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturiga kiritilgan yangi tashabbuslarni birgalikda amalga oshirish istiqbollarini koʻrib chiqdilar.
Dastur doirasida yashil energetika, suv taʼminoti, avtomobil yoʻllarini rekonstruksiya qilish va infratuzilmaviy rivojlanish kabi jami 2,58 milliard dollarlik 12 ta loyihaning moliyalashtirilishi nazarda tutilgan.
Sentyabr oyida Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan AIIB Boshqaruvchilar Kengashining 9-yillik yigʻilishiga tayyorgarlikning borishini muhokama etishga alohida eʼtibor qaratildi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.
Hozirgi kunda bank ishtirokida davlat byudjetini qoʻllab-quvvatlash, suv taʼminoti va kanalizatsiya, energetika, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash kabi tarmoqlarda umumiy qiymati 2,57 milliard dollarlik 13 ta loyiha amalga oshirilyapti.