Shu kunlarda Meksikaning Leon shahrida oʻsmirlar oʻrtasida ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtmoqda. Mazkur nifuzli turnirda qirqqa yaqin mamlakatdan 200 nafardan ziyod sportchi ishtirok etmoqda. Quvonarlisi, ular safida oʻzbekistonlik ogʻir atletikachilar ham bor.
Tajribali murabbiy Nurillo Togʻayev rahbarligidagi polvonlarimiz musobaqalardagi ishtirokini ertaga boshlaydi. Diyorbek Ermatov -73 kilogrammgacha boʻlgan ogʻir atletikachilar bahsida qatnashadi.
16-iyun kuni Nogora Suvonova -76 kilogrammgacha, 17-iyun kuni Abrorbek Marufbekov -96 kilogrammgacha, 18-iyun kuni esa Qudratbek Salimjonov -102 kilogrammgacha boʻlgan polvonlar bahsida ishtirok etadi.
Ogʻir atletikachilarimiz Meksikadan, albatta, medallar bilan qaytishiga ishonamiz.