Ot sporti boʻyicha “YevroOsiyo kubogi” Xalqaro turnirida milliy gvardiyachilarimiz gʻolib deb tan olindi

    Sport 11 Oktabr 2021 1391

    Moskva shahrida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha boʻlib oʻtgan “YevroOsiyo kubogi” Xalqaro turnirida Oʻzbekiston chavandozlari oltin medalni qoʻlga kiritdi.

    Joriy yil 7-10-oktyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida joylashgan “Maxima stables” Ot sport klubida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha YevroOsiyo kubogi boʻyicha xalqaro turnir boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi chavandozlari munosib ishtirok etib, musobaqa kubogini qoʻlga kiritdi.
    Mazkur xalqaro musobaqaning yakuniy natijalariga koʻra, Bekzod Qurbonov “King Kornet L” laqabli oti bilan musobaqaning mutlaq chempioni deb topildi.

    Shuningdek, Milliy gvardiya ot sporti boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi sportchi chavandozlari Umid Kamilov “Nero Uno Rafayel” laqabli otida faxrli ikkinchi oʻrinni egallab, kumush medal sohibi boʻlgan boʻlsa, Aʼzam Tolibboyev oʻzining “Ledi” laqabli oti bilan xalqaro sportchilar oʻrtasida faxrli toʻrtlikdan joy oldi.
    Chavandozlarimizning qoʻlga kiritgan ushbu natijalari xalqaro turnirda yuqori baholandi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi matbuot xizmati.