Taʼkidlash joizki, mamlakatimizda sport sohasida amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar samarasi oʻlaroq, bugungi kunda yurtimiz yoshlari jahon arenalarida yuksak natijalarni qayt etib kelmoqda.

Jumladan, ayni kunlarda Latviyaning Riga shahrida davom etayotgan ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha CSI2*W jahon kubogida isteʼdodli chavandozimiz Abdurahmon Abdullayev Oʻzbekiston sharafini munosib himoya qilyapti. Musobaqaning dastlabki kunida A.Abdullayev kumush medal sohibiga aylandi.