Maʼlum boʻlishicha, fuqarolik ishlari boʻyicha Qoʻqon tumanlararo sudining 2016-yil 19-aprel kungi ijro hujjatiga asosan Qoʻqon shahrida yashovchi qarzdor И.К.дан undiruvchi M.B foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy taʼminoti uchun aliment undirish belgilangan.
И.К.нинг aliment toʻlovlaridan qarzi mavjud boʻlmagan holda, sobiq turmush oʻrtogʻi bilan kelishgan holda ikki nafar farzandining kelajagi uchun ular voyaga yetgunga qadar toʻlanadigan aliment pullari oʻrniga «SPARK» avtotransportini topshirishini maʼlum qilgan.
Shu tariqa sobiq turmush oʻrtoqlar oʻrtasida kelishuv bitimi imzolanib, ijro hujjati boʻyicha ish yurituvi tamomlandi.