Ota-onasi Rossiyaga ishlashga ketgan yosh bolalar xipchin bilan savalandi

    Ijtimoiy tarmoqlarda yosh bolalar xipchin bilan savalanayotgani boʻyicha xabarlar tarqalib jamoatchilikning muhokamalariga sabab boʻldi. Holat boʻyicha Bolalar Ombudsmani maʼlumot berdi.

    Qayd etilishicha, holat Bolalar ombudsmani va Ichki ishlar organlari tomonidan oʻrganilganda ushbu videolavha Tojikiston Respublikasi «Xatlon viloyati, Regar tumanida olinganligi, mazkur voyaga yetmagan bolalarning onasi ishlash maqsadida Rossiya Federatsiyasiga ketganligi, bolalar togʻasining qaramogʻida qolib tazyiq va zoʻravonlikka uchraganligi maʼlum boʻldi.

    Hozirda ushbu holatiga Tojikiston huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan huquqiy baho berilmoqda.

    Maʼlumot uchun: Tojikiston Respublikasi, Xatlon viloyati Oʻzbekistonning Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani bilan chegaradosh hisoblanib, ushbu aholi yashash punktining aholisining qariyb 70-75% ni oʻzbek millatiga mansub fuqarolar tashkil etadi.