Ota “prava”siz avtomobil boshqargan oʻgʻlini YPX xodimlaridan qochishga undadi

    YPX xodimlari tomonidan huquqbuzar ushlanib, holat boʻyicha oʻrnatilgan tartibda chora koʻrilgan.

    Samarqandda YPX xodimlari tomonidan “Lacetti” rusumli avtomobil toʻxtatilganda, voyaga yetmagan, haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan bola mazkur transport vositasini boshqarib kelganligi aniqlangan.

    Jarayon davomida bolaning otasi voqea joyiga kelib, farzandini qochib ketishini aytib, goʻyoki huquqbuzarlikdan qutilib qoladigandek xatti-harakatlarni sodir etgan.

    YPX xodimlari tomonidan huquqbuzar ushlanib, holat boʻyicha oʻrnatilgan tartibda chora koʻrilgan. Bu haqida Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.