баннер
27 Mar 2025
02:59

    Otabek Umarov Osiyo Olimpiya kengashining Markaziy Osiyo mintaqasi boʻyicha vitse-prezidenti etib saylandi

    Ayni paytda Hindistonning Nyu-Deli shahrida Osiyo Olimpiya kengashi (OOK)ning 44-Bosh Assambleyasi oʻtkazilmoqda.

    Assambleya kun tartibiga muvofiq, tashkilotning rahbarlik lavozimlariga saylovlar boʻlib oʻtdi. Tashkilotni vaqtinchalik boshqarib borayotgan Raja Randxir Singx OOK Prezidenti etib saylandi. Shuningdek, 5 ta mintaqaga vitse-prezidentlar ovoz berish yoʻli bilan aniqlab olindi.

    Biz uchun ahamiyatli tarafi, Otabek Umarov Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Eron va Afgʻonistondan iborat Markaziy Osiyo mintaqasi boʻyicha tashkilot vitse-prezidenti etib saylandi.

    Tadbirda soʻz olgan Otabek Muhammadaliyevich qitʼamiz sporti jahonda yanada katta eʼtirofga sazovor boʻlayotgani, buning isboti oʻlaroq Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida Osiyoning 4 davlati TOP-15 talikdan joy olgani, Prezidentimizning sportni qoʻllab-quvvatlashlari bilan Oʻzbekiston oʻz tarixida eng yaxshi natijani qoʻlga kiritganini alohida taʼkidlab oʻtdi. Shuningdek, bildirilgan ishonchni oqlashga, mintaqada Olimpizimning pok va ezgu gʻoyalarini yanada keng targʻib qilishga vaʼda berdi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech