Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining bergan maʼlumotiga koʻra, 2022-yili 518 nafar fuqaro ovqatdan zaharlangan, shulardan 194 nafari — bolalar. 2 nafari vafot etgan (uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotini isteʼmol qilgan).
Zaharlanishning 36 holati uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini isteʼmol qilish oqibati boʻlgan.
28 holatda “Ovqat toksikoinfeksiyasi” qayd etilgan boʻlib, 432 nafar fuqaro jabrlangan boʻlsa, shularning 176 nafari — bolalar. Ushbu holatda fuqarolar tomonidan uy sharoitida shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmasdan, ovqat tayyorlash texnologiyasiga toʻliq rioya qilinmaganligi va tayyor ovqatni notoʻgʻri saqlash va sifatsiz mahsulotlardan ovqat tayyorlanganligi olib borilgan epidemiologik surishtirish ishlari davomida aniqlangan.
11 ta holatda umumiy ovqatlanish shoxobchalarida, 8 ta holatda MTT muassasalarida, jumladan, toʻyxonalar, umumiy ovqatlanish shoxobchalari va bir zumda tayyorlanadigan “Lavash”, “Burger” va shu kabi tezpishar mahsulotlarni tayyorlash jarayonida ularning texnologiyasiga toʻliq rioya etmaganligi, mahsulotlarni notoʻgʻri saqlaganligi, qolaversa, ushbu mahsulotlarni tayyorlash jarayonida mahsulotlarning bir-biriga mos kelmasligi oqibatida isteʼmol qilgan fuqarolar orasida oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi va ovqatdan zaharlanishga sabab boʻlgan.
Bitta holatda esa yovvoyi holda oʻsgan qoʻziqorinlarni isteʼmol qilish oqibatida 4 nafar fuqaro zaharlangan.
2023-yilning oʻtgan davriga 21 ta holatda ovqatdan zaharlanish qayd etilib, 107 nafar fuqaro jabrlangan, shundan 22 nafar bola jabrlangan, 2 nafar bemor vafot etgan (uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotini isteʼmol qilgan).
Uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini isteʼmol qilish oqibatida 52 nafar fuqaro “Botulizm”dan, 55 fuqaro “Ovqat toksikoinfeksiyasi”dan jabrlangan.
2 holatda bir zumda tayyorlanadigan “Lavash”, “Burger” va shu kabi tezpishar mahsulotlarni tayyorlash jarayonida ularning texnologiyasiga toʻliq rioya etmagani, mahsulotlarni notoʻgʻri saqlash, qolaversa, ushbu mahsulotlarni tayyorlash jarayonida mahsulotlarning bir-biriga mos kelmasligi oqibatida isteʼmol qilgan fuqarolar orasida oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi va ovqatdan zaharlanishga sabab boʻlgan.
2022-yil davomida olib borilgan oʻrganish va tekshirishlar davomida sifatsiz deb topilgan jami 5198919 kg oziq-ovqat mahsulotlar savdosiga barham berilib, oʻrnatilgan tartibda brokeraj qilingan boʻlsa, 2023-yilning oʻtgan 4 oyi davomida 147865 kg sifatsiz mahsulotlar savdosiga barham berilib, oʻrnatilgan tartibda yoʻq qilindi.