Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
Oktyabr oyining dastlabki kunlarida vatanga qaytarilgan bolalarning 3 nafari Turkiyadan, 1 nafari Rossiya Federatsiyasidan olib kelindi.
Bunda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan bolalarni joylashtirish va ularni oilalariga yoki yaqin qarindoshlariga qaytarish boʻyicha tezkor choralar koʻrildi.
Xususan 2 nafari ota-onasiga, 1 nafari xolasining vasiyligiga topshirish boʻyicha rasmiylashtirildi, 1 nafar bola boʻyicha vaziyat baholanmoqda va onasi Rossiya Federatsiyasidan qaytgunigacha vaqtinchalik vasiylikni rasmiylashtirish uchun yaqin qarindoshlari aniqlanmoqda.
Oʻtgan davr mobaynida jami 89 nafar Oʻzbekiston Respublikasining voyaga yetmagan fuqarolari qaytarildi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan ularga oʻzlarining yashash manziliga yaqin “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan bir qator ijtimoiy xizmatlar, jumladan, bolalarning oʻzlari va ularning oila aʼzolariga psixologik va huquqiy yordam koʻrsatilmoqda.