Reklamalarni joylashtirilishi va tarqatilishi boʻyicha jami 21 086 ta, jumladan televideniyeda 286 ta, radio 200 ta, tashqi reklama vositalaridagi 16 228 ta, bosma nashrlarda 204 ta, internet va ijtimoiy tarmoqlarda 4 168 ta oʻrganishlar oʻtkazilgan. Oʻrganish (monitoring)lar natijasida 8 159 ta holatda turli kamchiliklar aniqlanib, ularni tezkor bartaraf etish choralari koʻrilgan.
Davlat buyurtmachilari tomonidan joriy yilning iyul oyiga qadar davlat xaridlari elektron tizimlari orqali amalga oshirilgan savdolarning 10 433 tasi qoʻmita tomonidan tahlil qilindi. Oʻrganilgan tanlov (tender) savdolarini tahlili natijasida buyurtmachilar tomonidan 1 340 ta savdolar jarayonida 1 375 ta raqobatga zid holatlar aniqlangan.
Hisobot davrida isteʼmolchilardan jami 9 923 ta murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlarning 4 318 tasi (43,5 foiz), savdo va umumiy ovqatlanish sohasi, 3 511 tasi (35,4 foiz) uy-joy kommunal, transport xizmatlari 1 813 tasi (18,3 foiz) aloqa, moliya va ijtimoiy xizmatlar hamda 281 tasi (2,8 foiz) reklama munosabatlari masalalariga toʻgʻri keladi.