Unda oziq-ovqat xomashyosi va isteʼmol mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi obyektlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatishning samarali mexanizmlari haqida maʼlumot berildi.

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning oʻtgan 6 oyi davomida 36 holatda ovqatdan zaharlanish qayd etilib, 176 nafar fuqarolar jabrlargan, ulardan 52 nafarini bolalar tashkil etgan.

Vakolatli organni xabardor etgan holda respublikadagi 279 ta dehqon bozoridan 61 tasida sanitariya nazorati amalga oshirildi va ularning barchasida sanitariya qoidalari, normalariga rioya etilmayotganligi aniqlandi.