Ta'kidlanishicha, mahalliy fan olimpiadalarida respublika bo'yicha barcha fanlardan jami 1,15 mln o'quvchi ishtirok etdi. Xalqaro fan olimpiadalarida o'quvchilar 8 ta oltin, 24 ta kumush, 31 ta bronza jami 63 ta medallarni qo'lga kiritdi.
Mintaqaviy xalqaro fan olimpiadalarida o'quvchilar 6 ta oltin, 23 ta kumush, 23 ta bronza jami 52 ta medallarni qo'lga kiritdi.
Nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida (Xalqaro kimyo olimpiadasi (ICHO) 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza; Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO) 3 ta bronza; Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO) 3 ta bronza; Xalqaro fizika olimpiadasi (IPHO) 1 ta bronza medallari) jami 11 ta medalni qo'lga kiritdi.