баннер
23 Mar 2025
21:03

    Oʻtgan yilda 600 ming tupdan ortiq daraxtlar kesilishining oldi olingan — Ekologiya vazirligi

    Ekologiya vazirligi va hududiy nazorat boshqarmalari inspektorlari tomonidan daraxtlar kesilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida doimiy nazorat-reyd tadbirlari olib borilmoqda.

    Buning natijasida oʻtgan yillar davomida daraxtlar, xususan, moratoriyga kiritilgan qimmatbaho daraxtlar kesilishi kamayib bormoqda.

    Qayd etilishicha, 2022-yilda qimmatbaho daraxtlarning noqonuniy kesilish holatlari 1669 tani tashkil qilib, 2021-yilga nisbatan 2513 taga yoki 61 foizga kamaygan. 2023-yilda esa qimmatbaho daraxtlarning noqonuniy kesilish holatlari 1097 taga yetib, 2022-yilga nisbatan 572 taga yoki 35 foizga qisqargan.

    2024-yilda esa qimmatbaho daraxtlarni noqonuniy kesish holatlari 1098 tani tashkil qilgan.

    Shuningdek, jamoatchilik nazorati va profilaktika tadbirlari doimiy olib borilishi natijasida oʻtgan yil davomida 142 ming 135 tup qimmatbaho daraxtlar, 492 ming 136 tup kam qimmatli daraxtlar, jami 634 ming 271 tup daraxtlar kesilishining oldi olinib, ularning yashovchanligi saqlab qolingan.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech