Bunda, avvalo, asosiy eʼtibor oʻtgan yilgi isitish mavsumida gaz bosimida muammo boʻlgan hududlar mahallalar kesimida tahlil qilindi.
Maʼluomtlarga koʻra, viloyat boʻyicha 2397,39 kilometr gaz quvuri mavjud boʻlib, joriy yilda ushbu tarmoqlarning 250 kilometrlik qismini tartibga keltirilmoqda. Ayni vaqtgacha gaz quvuri 141,3 kilometrida shunday ishlar amalga oshirildi.
Bundan tashqari, viloyat boʻyicha 1052 ta gaz taqsimlash qurilmasi demontaj qilingan boʻlsa, yil yakuniga qadar yana 124 tasi demontaj qilinadi. Joriy yilgi kuz-qish masumiga tayyorgarlik ishlari jarayonida Bandixon, Denov, Qumqoʻrgʻon, Sariosiyo, Termiz shahar, Termiz tumani, va Shoʻrchi tumanlarida 12 dona qurilma kapital taʼmirlanadi. Shu bilan birga, 70,26 kilometr gaz tarmoqlarini bosim ostida zichlikka sinash va havo bosimi yordamida tozalash, 70,26 kilometr yer osti gaz quvurlarini pribor usuli bilan tekshirish koʻzda tutilyapti.
Hududlarda gaz bosimini yanada yaxshilash, mavjud muammolarni bartaraf etish, qolaversa ortiqcha yoʻqotishlarning oldini olish uchun yoqilgʻi sarfi masofadan turib nazorat qilinayotgan hududlarda gaz taʼminoti ikki bosqichliga oʻtkazilmoqda. Mavjud gaz taqsimlash qurilmalarining xavfsizligini taʼminlash boʻyicha esa barcha zarur choralar koʻrilgan.