2022-yilning yanvar - dekabr oylari mobaynida Oʻzbekiston 4,6 million AQSH dollari miqdoridagi 49 ming 116 dona gaz plitasini xorijga eksport qildi.

“stat.uz” portalida maʼlum qilinishicha, oʻtgan yili Oʻzbekiston eng koʻp gaz plitalarini quyidagi mamlakatlarga eksport qilgan:

– Qozogʻiston-30840;

– Rossiya-7693;

– Tojikiston-6706;

– Turkmaniston-1902;

– Boshqa mamlakatlar-1975.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston 2002-yili xorijdan 5,3 million AQSH dollari miqdoridagi 46,2 ming dona ming gaz plitasini import qilgan. Mazkur maishiy texnika Belarusdan (19 ming dona), Xitoydan (17,3 ming dona), Turkiya (7,1 ming dona) va boshqa mamlakatlardan 2,8 ming dona sotib olingan.