Oʻtgan yilning oʻzida xorijiy investitsiyalar hajmi qariyb ikki barobar koʻpaydi

    Fursatdan foydalanib, davlatimiz rahbari bu ishga oʻzining munosib hissasini qoʻshayotgan xorijiy investorlarga, barcha hamkorlarga chuqur va samimiy minnatdorlik izhor etdi.

    Energetika sohasida “ACWA Power”, “Masdar”, “Total Eren”, “Voltalia”, “Ҫalɩk” va “Aksa”; kimyo sanoatida “Air Products”, “Indorama” va “Kamse”, togʻ-kon va metallurgiyada – “Orano” va “DANIELI”, avtomobilsozlik va elektrotexnika yoʻnalishlarida “BYD”, “Kia” va “Samsung”, qurilish sohasida “Koҫ” va “KNAUF” kabi dunyoning yetakchi kompaniyalari hamda yirik brendlari bilan 300 dan ortiq investitsiya va sanoat loyihalari ishga tushirilgani va yuz minglab yangi ish oʻrinlari yaratilgani katta mamnuniyat bilan taʼkidlandi.

    Bugungi forum doirasida dunyoning ilgʻor kompaniyalari hisoblangan “Linde”, “Orascom”, “DataVolt”, “Bonafarm”, “PASHA holding” va boshqa sheriklar ishtirokida yangi yirik loyihalarga start beriladi.

    Fursatdan foydalanib, davlatimiz rahbari bu ishga oʻzining munosib hissasini qoʻshayotgan xorijiy investorlarga, barcha hamkorlarga chuqur va samimiy minnatdorlik izhor etdi.

    Mamlakatimizda tadbirkorlik va biznesni qoʻllab-quvvatlash maqsadida qator aniq choralar ishlab chiqilgan.

    Endilikda xorijiy sarmoyadorlar aksiyalardan olinayotgan dividendlar boʻyicha soliqlardan uch yil muddatga ozod etiladi.

    Yaqinda xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qonun qabul qilindi. 250 ta yirik korxonaning davlat ulushini va salkam 1000 ta koʻchmas mulk obyektlarini sotish, 12 ta korxona aksiyalarini fond bozorlarida birlamchi ommaviy joylashtirish (IPO) uchun yangi dastur ham ishga tushirildi.

    Tadbirkorlar barqarorligi reytingi joriy etildi. Yuqori reytingga ega tadbirkorlik subyektlari uchun soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi.