Qarorga koʻra, oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilarining ishga joylashtirishiga koʻmaklashishga qaratilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi “Kelajakka qadam” dasturi amalga oshiriladi:

  • oʻz biznes gʻoyalarini amalga oshirish istagi boʻlgan oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchi bosqich talabalari uchun biznes gʻoyani tayyor loyihagacha olib borish jarayonida toʻliq hamrohlik qilish, shu jumladan qulay shartlarda moliyalashtirish;
  • oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchi va quyi bosqich talabalari oʻrtasida sohalar boʻyicha ochiq tanlovlar oʻtkazish va gʻoliblarni ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish.

Bunda:

  • salohiyatli ish beruvchi tashkilotlar, shu jumladan yirik korxonalarning oliy maʼlumotli mutaxassislarga ehtiyojini aniqlash va mutaxassislarga qoʻyiladigan talablarni shakllantirish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;
  • tanlov gʻoliblarini salohiyatli ish beruvchi tashkilotlar buyurtmasiga koʻra individual kasbiy taʼlim dasturlari asosida kasbga dastlabki tayyorlash tadbirlari moliyalashtiriladi;
  • individual kasbiy taʼlim dasturlarida ishlab chiqarish obyektlarida amaliyot oʻtash va chet eldagi oliy taʼlim tashkilotlarida qisqa muddatli oʻquv kurslarida qatnashish imkoniyati yaratiladi.