Toshkent moliya instituti rektori tashabbusi bilan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori N.Oblomuradov boshchiligidagi professor-oʻqituvchilardan iborat Ishchi guruhi institutning Andijon fakultetiga ilmiy-tadqiqot hamda ilmiy-innovatsion yoʻnalishdagi faoliyati samaradorligini, pedagog-xodimlarning ilmiy salohiyatni hamda ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini yanada oshirish maqsadida tashrif buyurishdi.

Tashrif Ishchi guruhi aʼzolari, Andijon fakulteti rahbar-xodimlari, professor-oʻqituvchilari hamda talaba-yoshlari bilan hamkorlikda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barpo qilingan “Moliyachi bogʻi” hududiga daraxt koʻchatlari ekish tadbirlari bilan boʻlib oʻtdi.

Tadbir davomida Andijon fakulteti hududida tashkil etilgan "Moliyachi bog'iga" viloyatning iqlim sharoitiga mos keladigan 50 tupdan ortiq pavlovniya, oq qayin, lola daraxti hamda turli mevali daraxt ko'chatlari ekildi.

Shuningdek, “Yashil makon — 2023” tadbirida Toshkent moliya instituti vakillari bilan birgalikda, Oltinkoʻl tumani hokimlik vakillari, tuman nuroniylari va yoshlari, ekologiya organlari hamda oʻrmon xoʻjalik vakillari faol ishtirok etishdi.