Ushbu fuqarolar o'zaro oldindan til biriktirib, pandemiya sharoitida noqonuniy daromad orttirish maqsadida, dori vositalari narxini sun'iy ravishda oshirib sotish bilan shug'ullangan.
Ishbilarmonlar 10 quti “Arepliver 200 mg №40” dori vositasining har bir qutisini 4 mln so'mdan hisoblab, jami 40 mln so'mga qonunga xilof ravishda sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan A.R. va A.B.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 1863-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmodqa.