Tadbir natijasida, “Erkin” MFYda hududidan oqib oʻtuvchi “Boʻzsuv” kanali yoqasida “elektr toki” bilan baliq ovlayotgan 4 nafar fuqaro aniqlangan.

Huquqbuzarlarga tegishli avtomobil koʻzdan kechirilganda, 237 dona baliqlar ovlangani maʼlum boʻlgan hamda holat yuzasidan 95 mln. soʻm jarima qoʻllanilgan.

“Shuningdek, “ovchilar”ga tegishli 1 dona qayiq, 1 dona akkumulyator hamda 1 dona elektr qarmoq ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyildi”, deya xabar qoldiradi Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati.