Bu haqda Davlat soliq xizmati xabar berdi.
Farmonga koʻra, 2024-yil 1-sentyabrdan yovvoyi hayvonlarni koʻpaytirish joylarini, kichik safari parklar, ov turizmini tashkil qilgan ovchilik xoʻjaliklari 3-yil davomida yuridik shaxslar
— mol-mulk va yer soliqlarini belgilangan stavkaga nisbatan 50 %ga kamaytirilgan stavkada,
— AOSni 1 % stavkada toʻlaydi.
Ovlangan oʻljalardan hamda tabiat inʼom etgan mahsulotlardan hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi hunarmandlar "Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestri"ga kiritiladi.
Shuningdek, ular 2025-yil 1-yanvarga qadar kalendar yil davomida hunarmandchilik mahsulotlarini (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilishdan tushgan tushumning 100 mln soʻmdan oshgan, biroq 1 mlrd soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdori boʻyicha AOS stavkasini 50 foizini toʻlaydi.