“Ovi” yurishmagan brokon`er

    Yashil sayyora 10 Iyun 2020 1533

    tabiatga etkazilgan zarar 1 milliard 553 million so'mni tashkil etadi

    Davlat ekologiya qo'mitasi tomonidan 2020 yil 10 maydan 10 iyunga qadar o'tkazilgan “Brokon`erlikka qarshi kurashish oyligi” tadbirida birgina may oyi davomida jami 600 ta huquqbuzarlik holati (o'simlik dunyosini muhofaza qilish, hayvonot dunyosini muhofaza qilish va noqonuniy baliq ovi) aniqlangan. Pandemiya sharoitida biologik xilma-xillikni muhofaza qilish maqsadida tashkil etilgan tadbirda 456 nafar huquqbuzarga nisbatan jami 2 milliard so'm jarima va tabiatga etkazilgan zarar summalari belgilangan.

    SHundan, ma'muriy jarimalar 447 million so'm, tabiatga etkazilgan zarar 1 milliard 553 million so'm ni tashkil etadi.

    Davlat inspektorlari tomonidan 92 ta holat bo'yicha 702,7 million so'm jarima va tabiatga etkazilgan zararni undirish maqsadida to'plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga kiritildi.

    Huquqbuzarlardan 83 ta ov quroli va aslaha, 411 ta to'r, 18 ta elektr qarmoq, 22 ta elektr arra va bolta, 733,8 kg baliq, 92,5 m³ daraxt va butalar o'tini olib qo'yilgan.