Oxiana Fellows Incubator dasturiga yurtdoshlarimiz Anna Rasulova va Alisher Saydalixoʻjayev tomonidan asos solingan. Dastur yoshlarimizning iqtidori va koʻnikmalarini yuksaltirish hamda ularga xalqaro rivojlanish dasturlarida ishtirok etish uchun imkoniyat yaratishdan iboratdir.

Alisher Saydalixoʻjayevning taʼkidlashicha, dastur doirasida uning ishtirokchilari oʻzlarini anglashlari, oʻz oldilariga qoʻyilgan maqsad va unga erishish yoʻlida zarur barcha bilimlarga ega boʻladi. Shuningdek, ishtirokchilar oʻz ishlarini rejalashtirish va qoʻyilgan natijalariga qay tarzda erishish mumkinligini aniqlashlariga yordam beradi.

Oxiana Fellows Incubator oʻz faoliyatini joriy yilning fevral oyidan boshlaydi. Dasturda Prezident, ijod va ixtisoslashgan maktablarining 9-11 sinf oʻquvchilari ishtirok etishlari mumkin. Ishtirokchilar mazkur dasturda 5 soat vaqtlarini ajratishlari lozim boʻladi. Ular haftada bir martda onlayn konferensiyada qatnashishlari koʻzda tutilgan.