Aholi orasida to'y, turli marosim va oilaviy tadbirlar virusning tarqalishiga xizmat qilyapti. Masalan, 4 ta to'yda 110 ta kasallik aniqlangan, bundan tashqari, birgina YUnusobod tumanida o'tkazilgan to'yda 79 kishi virus yuqtirib olgan. 30 kishilik limitga rioya etish uchun bir kunda uch marta to'y qilgan.

Oxirgi bir oyda O'rikzorda 35 ta, Yunusobod bozorida 39 ta, Chorsuda 11 ta, Abu Saxiyda 47 ta, Chilonzor buyum bozorida 52 ta holatda virus aniqlangan. Qurilish tashkilotlarida 200 dan ortiq kishida virus qayd etilgan.