Qayd etilishicha, giyohvandlik vositalari 232 dona oʻramda boʻlib, ularning umumiy ogʻirligi 229 kg. 719 grammni tashkil etgan.
Toʻxtatib qolingan salkam 230 kg. narkotik vositalarning Yevropa “qora bozorlari”dagi narxi hozirda oʻrtacha 12-14 mln. AQSH dollarini tashkil qilmoqda.
Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.